2026-yil 8-yanvar kuni Urgut tuman axborot-kutubxona markazida jurnalist va yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad tavalludining 75 yilligi munosabati bilan "So‘zga aylangan umr" deb nomlangan ko‘rgazma qo‘yildi

Toshkent Davlat universiteti (O‘zMU) ning jurnalistika fakultetini tugatgan Xurshid Do‘stmuhammadning ilk kitobi "Hovli etagidagi uy" deb nomlanib 1989-yilda chop etilgan.
Keyinchalik uning «Panoh», «Oromkursi». «So‘roq». «Sof o‘zbekcha qotillik», «Mahzuna», «Ibn Mug‘anniy», «Yolg‘izim — Siz», «Ko‘z qorachig‘idagi uy», «Jajman» asarlari, «Hijronim mingdir mening» qissa, hikoyalar, «Bozor» romani, esse va maqolalari nashr etilgan. Xurshid Do‘stmuhammad A. Ryunoskening «Rasyomon darvozasi» hikoyasini, T. Po‘latovning «Etti huzur-halovat va qirq qayg‘u-alam» romanini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Ko‘rgazmada jurnalist va yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammadning badiiy va publisistik kitoblari o‘rin olgan.
Jan. 8, 2026, 2:45 p.m.