🗓 20-yanvar — Mahmudxoʻja Behbudiy tavallud topgan kun!
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida dramaturg, noshir, pedagog, qozi, muftiy, din va jamoat arbobi, jadidchilik milliy maʼrifatparvarlik harakatining tarafdori Mahmudxo‘ja Behbudiyning 150 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Unda Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatining namoyondasi-Mahmudxoʻja Behbudiy 1875-yilning 20-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlogʻida dunyoga kelganligi ta‘kidlab o‘tildi. Uning tashabbusi bilan 1903-yilda Samarqand atrofidagi Halvoyi, Rajabamin, qishloqlarida yangi maktablar tashkil topadi , ushbu maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi.
1912-1913-yillarda adib Samarqandda “Samarqand” gazetasi, “Oyna” jurnaliga asos soladi. U “Risolai asbobi savod”, “Risolai jug‘rofiyai umroniy”, “Muntaxabi jug‘rofiyai umumiy”, “Kitob-ul-atfol”, “Muxtarasi tarixi islom” – “Qisqacha islom tarixi” “Amaliyoti islom”, “Rusiyaning qisqacha geografiyasi” kabi darslik va kitoblar yozganligi ta'kidlandi.
Jan. 20, 2025, 8:19 p.m.