123-maktab bilan hamkorlikda - 9-may Xotira va qadirlash kuniga

“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi”

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida 123-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining kitobxonlari bilan hamkorlikda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 

“E’tibor va g‘amxo‘rlik – insoniy burch”

 loyihasi asosida keksalar, nuroniylar, faxriylar, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy va ma‘naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda kitobxonlar tomonidan tinchlik va mustaqillik uchun o‘z jonini ayamagan ota-bobolarimiz va mard o‘g‘lonlarimiz, buvijonlarimiz, ustozlarimizning ulkan jasorati, matonati hamda fidoyiliklarini yuragimizda abadiy saqlaymiz deb nomlangan badiiy-musiqiy chiqish orqali o'tganlar yodga olindi.Shuningdek ,tadbirda Jasorat qalqon maktabi o‘quvchilarining jangovar chiqishlari tadbir ishtirokchilariga yanada faxr -iftixor bag'ishladi. 

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80-yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni munosobati bilan tkazilgan ushbu tadbir barchaga katta taassurot qoldirdi.


May 8, 2025, 10:44 p.m.