1-mart Zulfiya tavallud topgan kun
Bugun 1 – mart xalqimizning sevimli shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun.
Har doim Zulfiyaxonim yurtimizga o‘zi bilan bahorni boshlab kiradi. Olam yangilanadi, atrof go‘zallikka, nafosatga to‘ladi. Xuddi shoira qalblarga she’riyati, dostonlari bilan yorug‘lik, ezgulik olib kirgan kabi.
Xuddi shu kun munosabati bilan Urgut tuman axborot-kutubxona markazida tumandagi 52-umumta‘lim maktabi kitobxonlari bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi. Tadbirda kitobxonlar Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga bag'ishlangan she‘rlar, sahna ko‘rinishlari, kuy va qo'shiqlar bilan barchani xushnud qildi.
March 4, 2025, 6:11 a.m.